Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada har kuni 4 nafar bola halok bo‘lyapti yoki jarohatlanyapti
Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon mamlakatda har kuni to‘rt nafarga yaqin bola va o‘smir halok bo‘lmoqda yoki yaralanmoqda. Bu haqda Save the Children xalqaro inson huquqlari tashkiloti hisobotida aytilgan.
Unda qayd etilishicha, bu taxminiy hisob-kitob, haqiqiy raqam ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, urush natijasida to‘rt milliondan ortiq ukrainalik bola gumanitar yordamga muhtoj.
Rossiya qo‘shinlarining doimiy o‘qqa tutishi ham bolalar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi, deyiladi hisobotda. Urush boshlanganidan beri bolalar boshpanalarda o‘rtacha 920 soat, ya’ni bir oydan ortiq vaqt o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.
Save the Children tashkiloti bosh direktori Inger Ashing o‘z bayonotida: «Yer ostida uzoq vaqt birga yashash - hech qanday bola boshdan kechirmasligi kerak bo‘lgan dahshatli tajriba», dedi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026