Toşkent issiqlik elektr markazida har birining quvvati 32 MWga teng bölgan ikkita gaz turbina qurilmasini quriş işlari davom etmoqda. Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi pudratçiligida qilinayotgan loyiha 2024 yilgaça işga tuşirilişi belgilangan. Quriliş maydonida 120 nafar işçi mehnat qilmoqda.
“Ayni paytda fundament işlari yakunlangan. Boş operator binosi 2-qavati quriliş-montaj işlari olib borilmoqda. Yangi gaz turbina uskunalarini Yaponiya kompaniyasi yetkazib beradi. Bu energiya tejamkor, kam gaz yoqiladi va atmosferaga kam zararli moddalar çiqaradi. Loyihamiz işga tuşişi natijasida 219 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi”, — deydi “Toşkent IEM” AJ injyeneri Saidkomil Saidmurodov.
Loyiha prezidentning 2018 yil 23 oktyabrda qabul qilingan “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2020 yil 9 yanvardagi “Özbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari ijrosini ta’minlaş doirasida amalga oşirilmoqda.
Loyiha yakunlangaç, markaz tomonidan yiliga qöşimça 515,6 mln KW soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqariladi.














