Noyabr oyining birinçi kunlariga töğri kelgan isitiş mavsumi boşlanişi bilan Duşanbe IEM-1 özbek gazida işlaşni boşlaydi, deya xabar beradi Asia-Plus.
«Özbek gazini Duşanbe IEM-1 ehtiyojlari uçun yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi. 10 yildan ortiq muddatga töxtatib qöyilgan Özbekistondan gaz yetkazib beriş işlarining boşlanişi bilan, Duşanbe IEM-1 işga tuşiriladi, u issiqlik bilan birga elektr energiyasini ham işlab çiqaradi. Bu holda Tojikistonning eng yirik energiya iste'molçisi bölgan Duşanbeda elektr energiyasi sarfi kamayadi», - deya ta'kidlab ötdi Tojikiston hukumatidagi manba.
Duşanbe IEM-1’ning umumiy loyiha quvvati 198 MVt. U 1957 yilda qurilib, foydalanişga topşirilgan. IEMda asosiy yoqilği eksport qilinuvçi tabiiy gazdir, biroq Özbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatganidan söng zaxira yoqilği - mazutdan foydalaniş boşlandi.
Özbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatganda, hukumat har yili Duşanbe IEM-1 ehtiyojlari uçun qariyb 30-35 ming tonna mazut sotib olgan.

















