Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Farğona issiqlik elektr markazi hududi va Farğona şahar RK-3 qozonxonasi yonida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini tatbiq etiş loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida Yaponiyaning “Kawasaki heavy Industries” va “Marubeni Utility Services” kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 24 MVTga teng 2 ta investitsion loyiha amalga oşirilmoqda.
“Özbekenergo” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, mazkur loyihani amalga oşirişdan asosiy maqsad Farğona issiqlik elektr markazi hududida 1 ta 17 MVT quvvatga teng bölgan hamda Farğona şahar RK-3 qozonxonasida 1 ta 7 MVT quvvatga ega yuqori samarali kogeneratsion gaz qurilmalarini quriş, qolaversa, yiliga 194,24 mln.kVt/soat elektr energiya işlab çiqariş, 214,5 ming Gkall issiqlik energiyasini yetkazib beriş, Farğona şahrini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta'minlaş hamda elektr energiyasidan bölgan tanqislikni qisqartiriş, atmosferaga çiqayotgan zararli çiqindilarning ta'sirini kamaytiriş va yoqilği energetika resurslarini tejaş közda tutilgan.
Gaz turbina qurilmasining texnik körsatkiçlari
Xarakteristika | Ölçov birligi | Turbina modeli | |
M7A-03 (RK-3) | L-20A (Farğona IEM) | ||
Elektr energiyasi quvvati | MVT | 7,8 | 18,42 |
Issiqlik energiyasi quvvati | Gkal/s | ||

















