Turkiyaning janubiy viloyatlari va Suriya şimoli-ğarbida yuz bergan kuçli zilzilalar yana 1,5 yil davomida takrorlanişi mumkin. Bu haqda fizika-matematika fanlari nomzodi, geofizik va seysmolog Anna Lyusina The Insider naşriga aytdi. Uning sözlariga köra, bu başorat empirik ma’lumotlarga asoslangan. 

«Turkiyada ikkita yoriq bor, Şimoliy Anadolu va Şarqiy Anadolu. Bu hududlarda har doim zilzila yuz beradi. Odatda 2-3 magnitudali. Magnitudalar şu darajaga pasaymagunça zilzilalar davom etaveradi», dedi u. 

Uning sözlariga köra, Turkiyaning eng yirik şahri Istanbul (15 milliondan ortiq aholi) ham xavf ostida. 

«Istanbul Şimoliy Anadolu yoriği yaqinida joylaşgan, şuning uçun u yerda ham vayronkor zilzilalar bölişi mumkin», deb tuşuntirdi Lyusina. 

6 fevral kuni Turkiyada 7,7 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. 21 fevral holatiga 47 mingdan ortiq odam halok böldi. Yetkazilgan moddiy zarar 70 milliard dollarga baholangan. 20 fevral kuni xuddi şu mintaqada 6,3 magnitudali yangi zilzila sodir bölib, yana vayronagarçilik va qurbonlarga olib keldi.