Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik qariya 21 yil davomida Qozog‘istonda hujjatsiz yurgani ma’lum bo‘ldi
Uni vataniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Qozog‘istonning Atirau viloyatida 21 yildan beri hujjatsiz yashab kelayotgan o‘zbekistonlik qariya aniqlandi. Shaxsi aniqlangach, xorijlik fuqaro o‘z mamlakatiga qaytariladi, deb xabar berdi Kazinform.
Viloyat politsiya departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, 20 yanvardan buyon «Migrant» favqulodda profilaktika tadbiri o‘tkazilmoqda.
«Tadbir davomida hujjatsiz yurgan 72 yoshli xorijlik fuqaro aniqlandi. O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonga 2000 yilda kelgan. Qozoq ayoli bilan oila qurgan. Er-xotinning besh farzandi bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha yillarda hujjat tayyorlamoqchi bo‘lgan. Biroq, barcha kerakli hujjatlarni taqdim eta olmagan», deyiladi xabarda.
Hozirda Atirau shahar politsiya boshqarmasi migratsiya xizmati bo‘limi xodimlari hujjatlarni yig‘moqda. Xususan, 1951 yilda tug‘ilgan xorijlikning shaxsini aniqlash va o‘z mamlakatiga qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi konsulligiga tegishli hujjatlar ro‘yxati yuborilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026