Yevrokomissiya vitse-prezidentining yozişiça, 24 fevral sanasi Rossiyaning Ukrainaga şafqatsiz, asossiz va noqonuniy bostirib kirişi boşlagan kun sifatida abadiy esda qoladi. Şuningdek, Borrel bu tajovuz BMT nizomini oçiqdan oçiq buziş hodisasi ekanini ta’kidlagan.
«Bu uruş «şunçaki Yevropa muammosi» yoki «Ğarb va qolganlarga qarşi» bölişi haqida emas. Bu – biz hammamiz yaşaşni xohlaydigan dunyo haqida: yadroviy qurolga ega davlat va Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi tomonidan noqonuniy kuç işlatilişi qandaydir tarzda «normallaştirilgan» dunyoda heç kim xavfsiz emasligini anglatadi. Şuning uçun ham barçani hokimiyat siyosati, şantaj va harbiy hujumdan himoya qiliş maqsadida xalqaro huquq hamma joyda tatbiq etilişi kerak», deydi u.
Bir yil ötgaç, odamlar körgan köp sonli uruş jinoyatlari va vahşiylik tasvirlariga odatlanib qolişi yoki sözlarning ahamiyati tuşib, insonlar çarçaşi mumkin. Lekin bunga yöl qöyib bölmaydi.
«Bunga biz yöl qöya olmaymiz. Çunki Rossiya har kuni BMT nizomini buzib, imperialistik siyosati bilan butun dunyo uçun xavfli pretsedent yaratmoqda. Rossiya har kuni begunoh ukrainalik ayollar, erkaklar va bolalarni öldirişda davom etmoqda, şaharlar va fuqarolik infratuzilmasiga öz raketalarini yoğdirmoqda. Rossiya har kuni yolğon va uydirmalarni tarqatişda davom etmoqda».
Yevropa Ittifoqida uruşga qarşi turişda «uç qismdan iborat strategiya» yönalişidan boşqa iloj yöq. Bular:
- Ukrainani qöllab-quvvatlaş;
- Rossiyaga uning noqonuniy tajovuzkorligini töxtatiş uçun bosim ötkaziş;
- Dunyoning qolgan qismi uruş oqibatlariga bardoş berişga kömaklaşiş.
«Biz bir yildan beri şunday qilyapmiz va bu faoliyatimiz muvaffaqiyatli davom etmoqda. Misli körilmagan sanksiyalarni qabul qildik; Rossiyada qazib olinadigan yonilğiga bölgan qaramligimizni töxtatdik; va asosiy şeriklar bilan yaqin hamkorlikda Kreml öz agressiyasini moliyalaş uçun oladigan energiya daromadlarini 50 foizga qisqartirdik. Birgalikda işlagan holda, biz oziq-ovqat va energiya narxlari pasayişi bilan global tölqin ta’sirini qisman birdamlik yölaklarimiz va Qora dengiz ğalla taşabbusi tufayli yengillaştirdik», deydi Borrel.
Yevropa taşqi siyosat rahbariga köra, «Ukraina özini himoya qila olişini xohlaymiz», deyişning özi yetarli emas. Şuning uçun Ukrainaga vositalar – qurollar berilmoqda. Bundan taşqari, Borrel Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş söroviga ijobiy javob berişga qaror qilinganini ta’kidlagan.
«Yevropa Ittifoqi birinçi marta hujumga uçragan davlatga qurol yetkazib berdi. Haqiqatan ham, Yevropa Ittifoqi hozirda ukrainalik harbiylar öz davlatlarini himoya qilişlari uçun harbiy tayyorgarlik böyiça yetakçi ta’minotçi hisoblanadi. Şuningdek, biz Ukraina xalqini qöllab-quvvatlaş uçun muhim makromoliyaviy va insonparvarlik yordami taklif qilmoqdamiz. Biz Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş söroviga ijobiy javob berişga qaror qildik. Nihoyat, biz Rossiya sodir etgan harbiy jinoyatlar uçun javobgarlikni ta’minlaş ustida işlayapmiz.


















