Tojikistonda bir kun içida beşinçi zilzila yuz berdi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

23 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 11:50 da Tojikistonda zilzila sodir böldi. Zilzila koordinatalari: 37,74 gradus şimoliy kenglik; 73,82 gradus şarqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,5. Çuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toşkentdan 556 km janubi-şarqda.

Bundan oldin Tojikistonda yuz bergan zilzila Özbekistonning deyarli barça hududida sezilgandi.

Tojikistonda 23 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 05:37 da sodir bölgan zilzila Özbekistonning vodiy viloyatlarida 4 ballgaça, qolgan viloyatlarda 3 ballgaça sezildi. Tojikistonda 4,5 va 4,2 magnitudali yana 4 ta afterşok qayd etildi.