Muloqot çoğida Xitoy kompaniyasi vakiliga Özbekistonning sayyohlik salohiyati va ikki davlat örtasida mavjud savdo aloqalari haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etilgani barobaridagi sayyohlik yönalişida hamkorlik, yangi aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, turizm yönalişida hamkorlikni çuqurlaştiriş va Janubiy Xitoydan sayyohlar oqimini köpaytirişga xizmat qiladigan «Guançjou-Toşkent-Guançjou» va «Guançjou-Samarqand-Guançjou» yönalişlarida havo qatnovlarini amalga oşiriş taklifi bildirildi.
China Southern Airlines kompaniyasi boş direktorining örinbosari Siao Yong kompaniya hozirgi kunda «Urumçi-Toşkent-Urumçi» yönalişida parvozlarni yölga qöyganini hamda joriy yil yoz faslidan boşlab «Pekin-Toşkent-Pekin» aviaqatnovlarini amalga oşiriş rejasi borligini ma’lum qildi.

















