Jahon | 10:54 / 24.02.2023
6789
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya xodimlarga TikTok’dan foydalanishni taqiqladi

Yevropa komissiyasi xodimlaridan TikTok’ni ish qurilmalaridan olib tashlash so‘ralgan, bu kiberxavfsizlik bilan bog‘liq. 

Foto: Shutterstock

Yevropa komissiyasining kiberxavfsizlik xizmati barcha xodimlardan Pekinda joylashgan ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ilovasini ish qurilmalaridan olib tashlashni so‘radi. Tegishli xatlar 23 fevral, payshanba kuni YeI oliy ijro etuvchi organi xodimlariga kelib tushgan – ularda YeK IT-mutaxassislari, agar ular ish ilovalarini uchun foydalanilsa, 15 martgacha shaxsiy qurilmalardan video almashish dasturini olib tashlashni so‘rashgan. Mutaxassislar ushbu choralarni xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga ishonchning yetarli emasligi bilan izohlaydi

«Komissiya ma’lumotlarini himoya qilish va uning kiberxavfsizligini yaxshilash maqsadida Yevropa Ittifoqining Korporativ boshqaruv kengashi Komissiyaning mobil qurilmalari xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan korporativ qurilmalar va shaxsiy qurilmalarda TikTok ilovasi ishini to‘xtatib turishga qaror qildi», — deya xabar beradi EURACTIV. 

Yevropaning ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton jurnalistlarga avvalroq TikTok’ga egalik qiluvchi kompaniya rahbariyati bilan maxfiylik masalalarini muhokama qilganini aytdi, biroq suhbat tafsilotlarini keltirmadi. «Biz hamkasblarimizni himoyalashga ishonch hosil qilishda juda faolmiz», dedi rasmiy. 

YeKdan keyin Yevropa kengashi ish telefonlarida TikTok’dan foydalanishni taqiqladi. 

Xitoy kompaniyasi vakilining aytishicha, TikTok egalari YeKning qaroridan hafsalasi pir bo‘lgan, kompaniya buni «xato va fundamental noto‘g‘ri tushunchalarga asoslangan» deb hisoblaydi. 

DW’ning raqamli texnologiyalar bo‘yicha yetakchi eksperti Yanosh Delker YeK qarorining «ramziy qiymati» muhimligini ta’kidladi. «Biz Yevropaning asosiy institutlaridan biri o‘z xodimlariga: yo‘q, biz hozir telefoningizda TikTok bo‘lishini xavfsiz deb hisoblamaymiz, deganini ko‘ryapmiz», — deya taqiqni izohladi ekspert. 

Mavzuga oid