Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroni diplomatik yöl bilan hal qiliş böyiça Xitoy taklif qilgan «tinçlik rejasi» faqat Kreml uçun foydali, dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden 25 yanvar, şanba kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida. 

«Putin olqişlayapti, çunki bu reja yaxşi bölişi mumkin. Men rejada Rossiyadan boşqa heç kimga foydali böladigan narsa borligini körmadim», - dedi Bayden. Amerika prezidentining sözlariga köra, Ukraina uçun «mutlaqo adolatsiz» bölgan uruşni töxtatiş böyiça Xitoy muzokaralar olib borişi haqidagi ğoyaning özi «mantiqsizlikdir». 

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoy rejasi «taklif» emas, aksinça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqidagi fikrlar ovozi ekanligini ta’kidlagan edi. «Men rozi bölmagan fikrlar bor, menimça, butun dunyo rozi emas. Agar xalqaro huquq, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni hurmat qiliş bilan mos keladigan fikrlar bölsa, biz buni qilişimiz kerak. Bizning vazifamiz - ayrimlarni izolyatsiya qiliş uçun hammani yiğiş», dedi u. 

NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning aytişiça, Pekinning takliflari işonçli emas, çunki «ular hatto Ukrainaga noqonuniy bosqinni qoralaşga ham qodir emas». Şuningdek, u bosqin arafasida, 2022 yil fevralida Rossiya va Xitoy «çegarasiz hamkorlik» töğrisidagi hujjatni imzolaganini ta’kidladi. 

Öşa intervyu davomida ABC News jurnalisti AQŞ prezidentidan Pekin Moskvaga qurol yetkazib bera boşlasa, Oq uy qanday çoralar körişini söradi. Bayden Xitoydan bunday «taşabbusni kutmaganini», ammo agar şunday bölsa, AQŞ «reaksiya bildirişini» aytdi. «Xuddi boşqa kimdir bu çegarani kesib ötgandek. Boşqaça aytganda, biz bu işni qilgan har bir kişiga qattiq sanksiyalar kiritdik», - dedi Amerika rahbari.