Şerzod Jalolov poytaxtning Mirobod tumanidagi Beşqörğon savdo majmuasida kiçkinagina «budka»da kalit yasaydi, piçoq çarxlaydi. Uç farzandning otasi bölgan qahramonimiz oyoqsiz maşina boşqarişni ham örgangan, öqib haydovçilik guvohnomasi olgan. Hayotning oğir sinovlarini yengib öta olgan Şerzod yana yurib ketiş umidi bilan yaşamoqda.
«Baxtsiz hodisa tufayli yarim tanam işlamay, uyda yotib qolgan paytlarim poççam kalit yasaşni örgatdi. Köp topmayman, juda kam ham emas. Iş bilan ozroq bölsa ham kasalligimni unutaman, odamlar bilan gurunglaşamiz. Bozordagilarning texnikalari buzilib qolsa, ularni ham sozlab beraman. Qimirlagan odam qayerda bölsa ham rizqini terar ekan», — deydi kalitsoz.

Şerzod Jalolov toğni ursa talqon qiladigan yoşda, 2008 yilda baxtsiz hodisaga uçragan. Oqibatda uning kökrak qismidan pasti işlamay qolgan. Bolasining ikki yildan ortiq hatto ötira olmasdan, töşakda qimirlamay yotişini köriş ota-onaga ham oson bölmagan.

«4 yildan söng suyab yurgiç bilan tik turadigan böldim, lekin baribir yurolmasdim. Dadam uyga uzun qilib «brus» yasab berdi. Öşanda yurişga harakat qilardim. Oyoğim juda sudralib, oyoq kiyimim yirtilib, oyoqlarim qonab ketardi. Sezmasdim. Soğligim sababli qişda qişloqda turolmasdim, şuning uçun ukamning uyiga kelardim. Özimda hali uy-joy yöq. Subsidiyaga ariza bergandim bir-ikki marta, ammo negadir çiqmadi.
Bir kuni şifoxonada men bilan birga davolanayotgan amaki maşina haydab keldi. Oyoqlari işlamasdi, körib hayron qoldim. Avvallari maşina haydaganim uçun qiziqib söradim. Hammasini qöl boşqaruviga moslaştirgan ekan. Men ham örganib oldim. Bir neça yil avval ikki ukam kelişib, sovuqda yurmasin deya «Matiz» olib berişdi. Şu maşina bilan işimga borib-kelib yuribman hozir», — deydi usta ötgan kunlarini eslab.

Şerzod Jalolovning ta’kidlaşiça, u uylanişdan juda qörqqan. Çunki şifoxonada yotib, ayrim özi singari «yarim tana» insonlarga turmuş örtoği e’tiborsiz munosabatda qaraganiga guvoh bölgan. «Ertaga mening ham ayolim kasalligimni yuzimga solarmikan, uni yaxşi ta’minlay olmasam ta’na qilarmikan», degan hadik ötardi uning könglidan. Ammo unday bölmadi: özi istagandek turmuş örtoqni uçratdi. Hozirda ularning uç farzandi bor, törtinçisini kutişyapti.

















