Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) otryadi 25 fevral kuni Turkiyadan Özbekistonga qaytib keldi. 100 kişidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi 7 fevral kuni tabiiy ofat öçoği, aniqroği Hatay viloyatiga jönatilgan edi.
FVV xabariga köra, Özbekiston otryadi iştirokidagi qutqaruv operatsiyasi ikki haftadan köproq davom etdi va şu vaqt içida ular 18 kişini qutqarib qolişga, şuningdek, 200 ga yaqin halok bölganlarning jasadini olib çiqişga muvaffaq bölişdi.
Qidiruv-qutqaruv işlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi va kinologiya brigadalari jalb etilgan bölib, ular qutqaruvçilar bilan birga iş olib borişdi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti topşiriğiga köra, Turkiyaning tabiiy ofat hududiga 6 ta gumanitar yuk – dori-darmon, körpa-töşak, çodir va boşqa zarur aşyolar yuborilgan edi. 8 fevral kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining harbiy şifokorlari bölgan samolyoti ham Hatay viloyatiga jönatildi.
6 fevral kuni Turkiya janubida yuz bergan halokatli zilzilalar oqibatida 44 mingdan ortiq odam halok böldi, ön minglab odamlar jarohatlandi, minglab uylar vayron bölgan edi.
Vayronkor zilzila qöşni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Kipr, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.

















