Endilikda Payme tizimida ikkinçi missiya uçun sodiqlik dasturi ballarini kiritiş imkoniyati paydo böldi. Ular Namangan viloyatidagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlaş uçun yönaltiriladi.

Yirik maişiy texnika va elektronika dökonlari tarmoğidan biri bölmiş texnomart yangi missiyada Payme Mahalla loyihasini qöllab-quvvatladi. Kompaniya Payme foydalanuvçilari bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi maktablar uçun yangi kompyuterlar haqida qayğurişni öz zimmasiga oladi.

Payme Mahalla – bu Payme ilovasi içidagi platforma bölib, unda foydalanuvçilar ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga öz hissalarini qöşişlari mumkin. Buning uçun Payme People sodiqlik dasturining töplangan ballarini baham köriş kifoya.

2022 yil dekabr oyida kompaniya ONA jamoat fondi bilan birgalikda foydalanuvçilar uçun ilk missiyani işga tuşirgan edi. Payme People sodiqlik dasturi iştirokçilari Qoraqalpoğistondagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlaşga öz hissalarini qöşdilar. Natijada, birinçi topşiriqni bajariş uçun kerakli miqdordagi ballar ikki kun içida töplab bölindi. Endi foydalanuvçilarning şarofati bilan Qoraqalpoğistondagi uçta maktabning 385 nafar öquvçisi yangi qurilmalarda tahsil olişmoqda.

24 fevraldan esa Payme foydalanuvçilari uçun yangi missiya boşlanadi. Ikkinçi missiyada qöyilgan topşiriq ham birinçisiga öxşaş bölib, bu Namangan viloyatidagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlaşdan iborat. Endi butun Özbekiston böylab birlaşgan iştirokçilar Namangan viloyatidagi 3924 nafar maktab öquvçilarini xursand qilişlari mumkin.

Ikkinçi missiya ham ONA jamoat fondi bilan faol ravişda amalga oşirilmoqda. Ammo, bu safar missiyaga hamkor sifatida yana bir yirik brend – elektronika va maişiy texnika dökonlari tarmoği texnomart ham qöşildi. Texnomart’ning butun Özbekiston böylab 30 ta dökoni faoliyat olib boradi. Kompaniya ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni faol qöllab-quvvatlaydi va Payme Mahalla loyihasi ham bundan mustasno emas.

Missiyaga qanday qilib hissa qöşiş mumkin?

Xayrli işga hissa qöşiş uçun Payme ilovasi orqali tölov va ötkazmalarni amalga oşiriş kifoya, natijada esa ballar töplanadi. Şundan söng ularni ilovaning içidagi Payme Mahalla bölimida missiyani amalga oşirişga yönaltiriş mumkin.