Qoraqalpoğistonning Törtköl tumani, Kalta minor ovulida uylarni, ekin maydonlarini suv bosdi.

Hodisa 24 fevral kuni tunda sodir bölgan. Ovuldan oqib ötuvçi kanalda suv köpayişi sabab yer öpirilgani, suv toşqini oqibatida 7-8 ta xonadon zarar körgani, uy hayvonlari jabr körgani aytilmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi xabariga köra, şu kunlarda yerning şörini yuviş tadbirlari ötkazilmoqda. Ammo ayrim joylarda suvdan me’yoridan ortiq foydalaniş holatlari uçramoqda.

«24 fevral kuni soat 3-4 lar atrofida Törtköl tumanidagi «Kaltaminor-1» xöjaliklararo kanalining 192-piketida suv toşişi oqibatida uylar va binolar zararlangan. Vaziyatni yaxşilaş maqsadida işçi kuçlari va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv toşgan joy butunlay yopilgan», deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, suv toşişi oqibatida 8 ta xonadon va 2,5 gektar ekin maydoni zarar körgan.

Qayd qilinişiça, tuman irrigatsiya bölimi balansidagi «Kaltaminor-1» kanali loyiha böyiça 18 metr kub/sekund suv ötkaziş xususiyatiga ega bölib, öşa kuni kanalga 13 metr kub/sekund suv oçilgan. Bu kanalga me’yordan ortiq suv oçilmaganini anglatadi. Kanal qirğoğida kemiruvçilar uy qurgani sababli, ularning uyasi orqali suv yorib çiqqani ham taxmin qilinmoqda.

Mazkur noxuş holat yuz berişida suv xöjaligi xodimlarining e’tiborsizligi yoki turli suv iste’molçilari (dehqon, tomorqa yer egalari) tomonidan belgilangan me’yor va qoidalarga rioya qilmasdan, özboşimçalik bilan harakat qiliş holatlari aniqlangan.

Uşbu noxuş holat mas’ul şaxslar tomonidan örganib çiqilişi ta’kidlangan.