Farğona viloyati Özbekiston tumanida xalqaro sertifikat olib berişni va’da qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilişiça, departament hamda DXXning Özbekiston tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.Ş. va boşqalar fuqaro J.A.ga ingliz tilini biliş darajasini beruvçi CEFR C1 toifali xalqaro sertifikatni heç qanday imtihon topşirmasdan 1,5 ming dollar evaziga olib berişni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 1 000 dollarni olganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















