Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin Kiyev bilan «mudofaa pakti» versiyasini rad etdi
Germaniya hukumati vakili OAVda NATOning Yevropadagi eng yirik a’zolari Ukraina bilan «mudofaa shartnomasi» tuzish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Germaniya hukumati NATOning Yevropadagi eng yirik a’zolari – Germaniya, Fransiya va Britaniya Kiyevni shu yil oxirida Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga undash uchun «mudofaa shartnomasi»ni ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Germaniya hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, bir necha oydirki, NATO tomonidan Ukraina uchun ehtimoliy xavfsizlik kafolatlari masalasi bo‘yicha muhokamalarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakilining so‘zlarini 26 fevral, yakshanba kuni Reuters agentligi keltirdi.
«Bir necha oy davomida bu masala bo‘yicha yangi, aniq» pozitsiya yo‘q edi, dedi Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakili.
«Yaqinda kansler (Germaniya) Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukraina davlat rahbari Volodimi Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bu masala umuman rol o‘ynamadi», — dedi u.
Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi 24 fevraldagi xabarida NATOning Yevropadagi eng yirik a’zolari Ukraina bilan «mudofaa shartnomasi» imkoniyatlarini o‘rganayotganini da’vo qilgandi.
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Kiyevni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini shu yil oxirida boshlashga undash uchun NATO-Ukraina aloqalarini mustahkamlashni ko‘rib chiqmoqda, chunki Kiyevning ba’zi G‘arb hamkorlari uning butun hududini qaytarib olish qobiliyatiga tobora ko‘proq shubha qilmoqda.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026