Qoraqalpoğiston prokuraturasi Törtköl tumanidagi «Kaltaminor-1» xonadonlararo kanalining öng qirğoğidan suv çiqib ketişi oqibatida uylar va ekin maydonlarini suv bosgani holati yuzasidan qator mansabdorlarga jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Ma’lum bölişiça, toşqin oqibatida şu hududda yaşovçi 7 kişining yaşaş uyi va yordamçi xöjalik inşootlariga zarar yetgan. Suv toşqini jarayonida jarohatlangan fuqarolar bölmagan. FVV tomonidan şu kuni soat 07:00 ga qadar suv toşqini bartaraf etilib, töplanib qolgan suvdan hovli yer maydonlari tozalangan.

Hodisa joyiga Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, Vazirlar Kengaşi hamda respublika prokuraturasi mas’ullari yetib borib, vaziyat joyida örganilib, suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hududiy sektor rahbarlari hamda boşqa mas’ullarga tegişli topşiriqlar berilgan.

Holat yuzasidan şu kunning özida Törtköl tuman prokuraturasi tomonidan «Paxta arna nayman» irrigatsiya tarmoqlari boşqarmasi va Törtköl tuman Irrigatsiya bölimi mansabdor şaxslari hamda boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 203-moddasi (Suv yoki suv havzalaridan foydalaniş şartlarini buziş), 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 229-moddasi (Özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi doirasida fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlaş yuzasidan ekspertiza tayinlangan.

«Hozirda hodisa yuz berişiga sababçi bölgan aybdorlarni aniqlaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq suv bosişiga kanal yoqasidagi kemiruvçilar uyasi orqali öpqon olib, çiqib ketgani sabab sifatida körilayotgandi.