17 mart kuni Toşkentda britaniyalik professorning talabalar, olimlar, ijtimoiy fikr yetakçilari, moliya-iqtisodiyot sohasi va işbilarmon doiralar vakillari bilan uçraşuvi taşkil etiladi.
Uçraşuvda özbekistonlik iqtisodçilar – Viskonsin universiteti doktoranti, “Iqtisodçi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoşimov va Harvard universiteti doktoranti, “Uzbekonomics” blogi muallifi Botir Qobilov ham iştirok etadi.
Taşkilotçilarning ma’lum qilişiça, tadbir iştirokçilari özbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan ta’minlanadi.
Uçraşuv 17 mart kuni soat 17:00da “Intercontinental Hotel Tashkent ” mehmonxonasida (Trilliant) bölib ötadi.
Uçraşuvda qatnaşiş uçun çiptalarni iticket.uz saytidan xarid qiliş mumkin.
Ma’lumot uçun, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi 2021 yilda ilk marta özbek tilida naşrdan çiqqan. Kitobni muallifning ruxsati bilan Sirotulloxon Muhammadsoliyev özbek tiliga ögirgan, Behzod Hoşimov mas’ul muharrir bölgan.

















