Ijtimoiy tarmoq Xitoy foydasiga josuslik qilayotganlikda ayblanmoqda. Avvalroq Amerika davlat xizmatçilariga 30 kun içida TikTok’dan foydalanişdan voz keçiş tavsiya qilingan edi.
Xitoyning ByteDance kompaniyasi öziga tegişli TikTok’ning AQŞ böyiça foydalanuvçilarning ma’lumotlari Amerikaning özida, zaxira nusxasi Singapurda saqlanişini ta’kidlagan.
Xitoy tomoni taqiqqa e’tiroz bildirgan. Xitoy taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning Oq uy Xitoy biznesining AQŞda işlaşiga tösqinlik qilyapti, degan.
Mao Ning jumladan şunday degan:
«AQŞ kabi jahonning öziga işongan, yetakçi barqudrat davlati yoşlarning sevimli ilovasidan şu qadar qörqişi uçun öziga işonçini qançalik yöqotişi kerak? AQŞ milliy xavfsizlik doirasidan çiqib, xorijiy kompaniyalarni böğiş uçun davlat hokimiyatidan foydalanmoqda. Biz bu xato harakatlarga qat’iyan qarşimiz. AQŞ hukumati bozor iqtisodiyoti va halol raqobat prinsiplarini hurmat qilişi kerak».
Ma’lumotlarga köra, ayni paytda AQŞ yoşlarining 70 foizi yoki 100 million kişi TikTok’dan foydalanadi.
Avvalroq Yevropa Komissiyasi va Yevropa Kengaşi ham kiberxavfsizlik yuzasidan öz xodimlaridan TikTok’ni iş qurilmalaridan olib taşlaşni talab qilgan edi.
Forbes naşri ma’lumotlariga köra, 2022 yilda TikTok jahon böylab eng köp yuklab olingan mobil ilova bölgan.
Eslatib ötamiz, TikTok Özbekistonda bloklangan yagona ijtimoiy tarmoqligiça qolmoqda.












