Xitoyning Fossibot brendi zarbaga çidamli va 10600 mA·s siğimli katta batareyaga ega bölgan F101 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizchina portali xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Fossibot yoş brend bölib, uning debyut smartfoni aynan F101 modeli hisoblanadi. Qurilma 5,45 dyuymli HD+ ekran, 24 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli qöşimça datçik va 0,3 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Old tomonda 8 megapikselli selfi kamerasi mavjud.

Smartfon MediaTek Helio A22 arzon çipi, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga ega.

Şu bilan birga, Fossibot F101 da asosiy urğu 10600 mA·s siğimli akkumulyatorga qaratilgan bölib, bu smartfonga 44 kun davomida kutiş rejimida işlaş imkonini beradi. Bunday katta batareyani 18 vatt «zaryadka» bilan quvvatlantiriş tavsiya etiladi.

Bundan taşqari, smartfonga 3,5 Vt quvvatga ega katta dinamik örnatilgan bölib, korpus IP68, IP69 va harbiy MIL-STD-810G standartlariga muvofiq suv va çangdan ham himoyalangan.

Birinçi Fossibot smartfoni 140 dollar (taxminan 1,6 mln söm) narxda sotuvga çiqqan.