O‘zbekiston | 18:07 / 04.03.2023
9316
2 daqiqa o‘qiladi

ACWA Power bilan O‘zbekistonda 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent shahrida Toshkent viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish ishlarini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi, ishga tushiradi, 25 yil davomida foydalanadi va boshqaradi.

Tadbir doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida Samarqand viloyatida quvvati 1000 MVt, Toshkent viloyatida quvvati 400 MVtli quyosh elektr stansiyalarini hamda 1200 MVt quvvatga ega avtonom elektr tokini jamlovchi batareyasini qurish bo‘yicha Investitsiyaviy bitimlari imzolandi.

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov o‘zining tabrik so‘zida barcha yig‘ilganlarni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning ijobiy dinamikasini aks ettiruvchi keng ko‘lamli loyihaning amalga oshirilishi boshlangani bilan samimiy tabrikladi.

Loyihalarni hayotga joriy qilish natijasida erishiladigan qator iqtisodiy yutuqlar tilga olindi. Qurilish vaqtida 3000 dan ortiq va stansiyalardan foydalanish jarayonida 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1 mlrd kub metr miqdorida tabiiy gaz tejaladi.

Mavzuga oid