Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Boku şahrida Qöşilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida iştirok etdi.
Qayd etiş joizki, davlat rahbari öz nutqida ta’kidlagan 2030 yilgaça tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş böyiça global platforma – Senday hadli dasturi asosida Qöşilmaslik harakati iştirokçilari faoliyatini kuçaytiriş zarurligi böyiça taşabbus juda muhim ahamiyatga ega.
Prezident darajasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilişi bejiz emas. Zero, hozirgi vaqtda favqulodda vaziyat va tabiiy ofat xavfi, bunday salbiy holatlardan körilayotgan iqtisodiy zarar kölami oşib borişi nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xos xususiyatdir.
Yuqori xavf, birinçi navbatda, Markaziy Osiyoda örtaça haroratning kötariliş sur’ati jahon körsatkiçidan oşib ketişi bilan boğliq. 1900 yildan buyon Er yuzida örtaça harorat 1,1°S ga oşgan, mintaqamizda esa örtaça yillik harorat 1,6°S yoki 13,2°S dan 14,8°S ga kötarilgan. Şu bilan birga, taxminlarga köra, 2050 yilga kelib havo harorati yana 1,5°-3°S’ga oşişi mumkin.
Orol dengizi halokati tufayli sodir bölayotgan iqlim özgarişi jahondagi örtaça körsatkiçdan 2 barobar kuçliroq bölib, sönggi 50-60 yil içida mintaqadagi muzlik maydoni, qariyb, 30 foiz qisqarişiga olib keldi. 2050 yilga kelib muzlik sathi yana 45-60 foiz qisqarişi kutilmoqda. Bu bahorgi oqim köpayişi, yozgi oqim tubdan pasayişiga sabab böladi.
Uşbu holatlar istiqbolda ekstremal ob-havo hodisalari – erta bahorda toğ köllari toşişi, suv toşqini, sel, köçki, şuningdek, yozgi vegetatsiya davrida qurğoqçilik, örmon yonğini, çang-tuz böronlari tez-tez yuz berişiga olib kelişi mumkin.
Şu bilan birga Markaziy Osiyo mintaqasida tabiiy ofatdan yillik yöqotiş 10 milliard dollarga yetib, iqtisodiy ösişni 1-2 foiz çeklab qöygan.
Iqlim özgarişiga qarşi çora körilmasa, Markaziy Osiyo mamlakatlari suv tanqisligiga, qurğoqçilik, sel, qum böroni holatlari köpayişiga duç keladi. Oqibatda qişloq xöjaligi işlab çiqarişida beqarorlik yuzaga keladi, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid paydo böladi.

Bunday şaroitda Özbekiston rahbari tomonidan Senday hadli dasturi Global platformasi asosida faoliyatni kuçaytiriş böyiça ilgari surilgan takliflar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tez özgaruvçan iqlim şaroitida ofat xavfini kamaytiriş masalasini hal qiliş kelajakdagi tahdid va xavfni, monitoringning yangi usullari işlab çiqilişini hisobga olgan holda, kompleks xususiyatga ega bölişi lozim.

















