Uçraşuvda Özbekiston – Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş hamda tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligi muhokama qilindi. Uçraşuv çoğida qator takliflar örtaga taşlandi. Delegatsiyalar almaşinuvi orqali parlamentlar, qömitalar va döstlik guruhlari rahbarlari darajasida muloqotni faollaştiriş, parlamentlararo tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş va hamkorlikni mustahkamlaş, harakatlarni muvofiqlaştiriş xamda qöşma taşabbuslarni ilgari suriş şular jumlasidandir.

Turli sohalardagi hamkorlikni nazarda tutuvçi ikki tomonlama hujjatlarni ratifikatsiya qilişni jadallaştiriş böyiça muloqotlar izçilligini ta’minlaş va ularning birgalikdagi monitoringini olib boriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

— Biz Qatar parlamenti bilan özaro hamkorlikni rivojlantiriş ustuvor yönalişlardan biri deb, hisoblaymiz. Parlamentlararo muloqotimizni faollaştirişda «döstlik guruhlari» muhim örin egallaydi. Qatar Maslahat Kengaşida 2022 yil mart oyida «Qatar-Özbekiston» parlamentlararo döstlik guruhi ta’sis etilganini mamnuniyat bilan qabul qildik. Döstlik guruhlarimiz örtasida muntazam muloqotni yölga qöyiş tarafdorimiz, — deya ta’kidladi Senat Raisi.

Hasan bin Abdulla al-Ğanim Qatar uçun Özbekiston bilan özaro manfaatli har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi. Bu borada ikkala davlatning muştarak say-harakatlarini birlaştirişda parlamentlararo aloqalarni yangi darajada mustahkamlaşga tayyor ekanligini bildirdi.

Konstruktiv va amaliy ruhda ötgan muloqot çoğida Özbekiston – Qatar hamkorligining boşqa yönalişlari, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya hamda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş masalalari ham muhokamalar markazida böldi. Qatar tomoni mamlakatlar örtasida ziyorat turizmini rivojlantiriş yuzasidan takliflarini bildirdi.