Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vesna» markazi: Belarusda Machulishchidagi portlashlar tufayli odamlar hibsga olinyapti
KGB xodimlari 2020 yildan 2023 yilgacha ma’muriy va siyosiy moddalar bo‘yicha ta’qibga uchraganlarning barchasini hibsga olishmoqda, deya xabar beradi «Vesna» markazi. Tintuvlardan so‘ng odamlar KGB tergov izolyatoriga olib ketilmoqda, deya qo‘shimcha qildi huquq himoyachilari.
Foto: Getty Images
Minskda 26 fevral kuni Rossiyaning A-50 erta ogohlantiruvchi va boshqaruvchi samolyotiga zarar yetkazilgan Machulishchi aerodromidagi portlashlar sababli qidiruv va hibsga olishlar ikkinchi kundan beri davom etmoqda. Bu haqda 5 mart, yakshanba kuni Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Huquq himoyachilari ta’kidlaganidek, KGB xodimlari 2020 yildan 2023 yilgacha ma’muriy va siyosiy moddalar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganlarning barchasini hibsga olyapti va tintuvlardan so‘ng odamlar KGB hibsxonasiga olib ketilyapti. «Vesna» markazi kamida o‘nlab bunday holatlardan xabardor. «Aftidan, ular «barmoq bilan osmonni ko‘rsatish» usulida harakat qilishyapti. Ular dronlari, yengil avtomashinalari borlar, Machulishchi yaqinida yashovchi odamlarning oldiga boryapti», deb yozadi «Nasha Niva» nashri guvohlarga tayanib.
Minsk yaqinidagi Machulishchi Belarus harbiy aerodromida 26 fevral kuni ertalab portlashlar sodir bo‘ldi. Sobiq Belarus xavfsizlik xodimlari uyushmasi - BYPOL xabariga ko‘ra, diversiya natijasida Ukrainadagi nishonlarga raketalarni yo‘naltirishda foydalanilgan Rossiyaning A-50 erta ogohlantirish va nazorat qilish uchun harbiy samolyotiga jiddiy zarar yetgan. BYPOL ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar natijasida A-50 samolyotining old va o‘rta qismlari, shuningdek, radiolokatsion antennasi shikastlangan. Bir necha kundan so‘ng, 3 mart kuni samolyot Taganrogdagi ta’mirlash zavodiga uchib ketgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
11:43 / 15.12.2025
Ozod etilgan belaruslar boshqalar ozodligi uchun ham kurashishga chaqirdi
12:10 / 13.12.2025
Belarusdan yerosti tunneli orqali Polshaga 180 nafardan ortiq noqonuniy migrant kirib keldi
13:10 / 11.12.2025