Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonni o‘lim jazosidan xoli mintaqaga aylantirish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov o‘z nutqida «Yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, balki Yaratganning o‘zi ato etgan», deya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyoni o‘lim jazosidan xoli mintaqaga aylantirish tashabbusini birgalikda ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 27 fevral – 4 mart kunlari Jyeneva shahrida (Shveytsariya) BMT Inson huquqlari kengashining (IHK) 52-sessiyasi Yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etdi.











