Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Transparency International xalqaro nohukumat taşkilotining faoliyatini Rossiya hududida nomaqbul deb tan olişga qaror qildi. Nazorat qiluvçi organ saytida 6 mart, duşanba kuni e’lon qilingan xabarda ta’kidlanganidek, «ştab-kvartirasi Berlinda joylaşgan, xorijiy davlatlar fuqarolari boşçiligidagi taşkilot faoliyati... e’lon qilingan maqsad va vazifalardan yaqqol çetga çiqib ketmoqda».

«Butun dunyo böylab korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilot sifatida rasman harakat qilib, Rossiya Federatsiyasining içki işlariga aralaşyapti, bu esa Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», deb ma’lum qildi prokuratura. Mahkama da’volarning mohiyati haqida heç qanday izoh bermagan va «nomaqbul»lar röyxatiga kiritiş sabablarini tuşuntiruvçi boşqa ma’lumotlarni keltirmagan.

Transparency International korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi va butun dunyo böylab korrupsiya darajasini örganuvçi nodavlat xalqaro taşkilotdir. U 1993 yilda Jahon bankining Şarqiy Afrika böyiça sobiq direktori Piter Eygen tomonidan Berlinda taşkil etilgan. Bugungi kunga qadar Transparency International filiallari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.

2015 yil aprel oyida Rossiya Adliya vazirligi Transparency International'ning Rossiyadagi bölinmasini «çet el agenti» funksiyalarini bajaradigan notijorat taşkilotlar reyestriga kiritdi.