Senatning Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi işçi guruhi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi boşlanğiç sinf öquvçilariga bepul ovqat beriş tizimi örganildi.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 716 ta maktabning 143 688 nafar boşlanğiç sinf öquvçisiga keytering tizimida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bepul nonuşta berilişi yölga qöyilgan. Işçi guruh tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasining Çimboy, Kegeyli, Törtköl hamda Qönğirot tumanlaridagi 10 ga yaqin maktablardagi holat yaqindan örganilgan. Oziq-ovqatlar yetkazib berilişi jarayonida ayrim befarqliklarga yöl qöyilayotgani aniqlangan.

Foto: Senat.uz

“Çimboy va Kegeyli tumanlariga mahsulotlar keytering taşkiloti tomonidan yölovçi taşuvçi “Damas” avtomaşinalarida yetkazib berilayotganligi holatlari közga taşlandi. Kegeyli tumanidagi ayrim maktablarda mahsulotlarni qabul qilib oliş jarayonida e’tiborsizlikka yöl qöyilgani tasdiqlandi. Mazkur maktab direktorlari sifatsiz mahsulotlarni qabul qilib olgani uçun sanitariya va epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan jarimaga tortilgan”, — deyiladi Senat xabarida.

Foto: Senat.uz

Xorazm viloyatida 525 ta maktabda 137 030 nafar öquvçiga bepul ovqat berilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boşqarmasiga 2022 yilda budjet mablağlari hisobidan ovqatlantiriş harajatlari uçun 47 mlrd 869 mln söm ajratilgan. Örganişlar davomida Xorazm viloyatida ham kamçiliklar közga taşlangan.

Foto: Senat.uz

Jumladan, yetkazib berilgan mahsulotlarning tarkibi va sifati ustidan nazoratni ta’minlaş maqsadida tuzilgan maxsus komissiya vazifalari belgilab berilmagan, mahsulotlar sifatini nazorat qiliş jurnali yuritilmagan, qadoğida işlab çiqariş muddati körsatilmagan mahsulotlar qabul qilingan.