BBC ma’lumotiga köra, yonğin suyultirilgan gaz balloni portlaşidan kelib çiqqan. Qurbonlar haqida ma’lumot yöq. New York Times'ga köra ofat oqibatida heç kim halok bölmagan, lekin lagerdagi vaziyat keskinlaşgan.

Bangladeş janubi-şarqida joylaşgan bu hudud dunyodagi eng katta qoçoqlar lageri hisoblanadi. U yerda asosan qöşni Myanmadagi qatağondan qoçib borgan rohingya musulmonlari yaşaydi.

Bangladeş qoçoqlar bilan işlaş komissari Mijanur Rahmonning ma’lumot berişiça, yonğin juda tez tarqalib, ikki mingta palatka, kulba va bostirmalar yonib ketgan. Oqibatda 12 ming rohingya musulmonlari boşpanasiz qolgan.

Foto: Associated Press

Bangladeşda bölib turgan Xalqaro migratsiya taşkiloti vakili Samuel Falsisning aytişiça, palatkalarda yaşayotgan rohingya musulmonlari yonğin sabab bor-budidan ayrilgan. Lagerdagi kiçik maktab, ovqat tarqatilayotgan markaz va hojatxonalar ham olov içida qolgan. UNICEF ma’lumotiga köra, boşpanasiz qolganlarning yarmi yoş bolalar.

Yonğin sabablari örganilmoqda. Dastlabki taxminlarga köra, yonğin ovqat pişiriladigan joyda gaz ballon portlaşidan kelib çiqqan. Hozirda yonğin sodir bölgan hududlarni tozalab, u yerda yangi çodirlar tikiş uçun bambuk va brezent olib kelingan.

Bangladeşdagi bu lagerda Myanmadagi qatağondan qoçib borgan 1 milliondan ortiq rohingya musulmonlari yaşaydi.

Foto: Associated Press
Foto: Associated Press

Oxirgi vaqtlarda lagerda vaziyat şusiz ham yomon edi. Odamlar töyib ovqatlanmasligi sababli köplab kasalliklar tarqalgan. Myanmadagi Rohin ştati yaqinida taşkil qilingan çodirlarga suv toşqinlari ham köp marta xavf solgan.

Bangladeş lagerdagi qoçoqlarga fuqarolik bermagan. Ular çodirlardan iborat lagerda yoki uning taşqarisida pul işlab topa olişmaydi. Bangladeş hukumati qoçoqlar lagerdan taşqariga ovqat va pul izlab çiqadigan bölsa, tartibsizliklar yuzaga kelişidan xavotirlanadi. Çunki oxirgi vaqtlarda xalqaro yordam miqdori kamayib ketgan. Şu bois, Bangladeş donor mamlakatlardan qoçoqlarni oziq-ovqat bilan ta’minlaşda köproq yordam berişni söramoqda.