AQSh Kongressi spikeri Kiyevga borish taklifini rad etdi
Respublikachi Kevin Makkarti avvalroq Ukrainaga yordam uchun «limitsiz cheklar»ga qarshi ekanini aytgan edi. Ammo u Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish tarafdori ekanini da’vo qilmoqda.

Foto: Reuters
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti Ukrainaga borish niyatida emasligini aytdi. Shunday qilib, u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ushbu mamlakatdagi vaziyat bilan shaxsan tanishish maqsadida Ukrainaga kelish taklifiga javob berdi. 8 mart, chorshanba kuni kechqurun Amerikaning CNN telekanali efirida Makkarti Zelenskiyning taklifi haqidagi savolga javob berar ekan, Kiyevga borishi shart emasligini va ma’lumotni boshqa yo‘llar bilan olishini aytdi.
Volodimir Zelenskiy o‘sha kanaldagi intervyusida Kevin Makkartiga Ukrainaga tashrif buyurishni taklif qildi va Vakillar palatasi spikerining Kiyevga yordam bo‘yicha «limitsiz cheklar» haqidagi so‘zlariga izoh berdi. «Janob Makkarti bizning qanday ishlayotganimizni, bu yerda nima sodir bo‘layotganini, urush bizga nimalar keltirib chiqarganini, hozir odamlar qanday kurashayotganini, hozir kim kurashayotganini ko‘rish uchun bu yerga kelishi kerak. Keyin o‘z taxminlarini aytishi lozim», dedi Ukraina davlati rahbari.
Zelenskiyning taklifini rad etgan Makkarti bir vaqtning o‘zida AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini Kiyevga yetarlicha tez yordam bermagani uchun tanqid qildi. «Men aniq aytaman: limitsiz cheklar bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan, limitsiz chek qayerda kerakligi va qayerda kerak emasligini tushunish uchun Ukrainaga borishim shart emas», dedi kongressmen. Shu bilan birga, Makkarti, o‘z so‘zlari bilan aytganda, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
CNN ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlarda har ikki partiya kongressmenlari - demokratlar ham, respublikachilar ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq hozirda respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etgan Vakillar palatasida ularning ba’zilari Kiyevga harbiy va moliyaviy yordamni to‘xtatishni talab qilyapti.
Mavzuga oid

22:43 / 11.05.2025
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi

19:29 / 11.05.2025
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi

18:41 / 11.05.2025
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi

16:31 / 11.05.2025