Özbekiston parlamentida konstitutsiyani yangilaş haqida ma’ruza qilgan deputat Jahongir Şirinov asosiy qonunga kiritilayotgan ayrim özgarişlarni sanab ötdi. Quyida uning ma’ruzasidan bir qismi keltirib ötiladi.

Birinçidan, Özbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uç baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanişi, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori insonga munosib yaşaşini ta’minlaşni hisobga olgan holda belgilanişi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olişga haqliligi va boşqalar belgilanmoqda. Boşqaça aytganda, ijtimoiy davlatga xos bölgan barça elementlar konstitutsiyamizda aks ettirilmoqda.

Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşni nazarda tutuvçi qoidalar yanada takomillaştirildi. Jumladan, davlat nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obektlari va xizmatlaridan tölaqonli foydalanişi uçun şart-şaroit yaratişi, ularning işga joylaşişiga, ta’lim olişiga kömaklaşişi, zarur axborotni tösqinliksiz oliş imkoniyatini ta’minlaşi mustahkamlandi.

Ikkinçidan, ijtimoiy davlatga xos yondaşuv ta’lim sohasi böyiça ham köpgina modda va normalarda öz ifodasini topmoqda.

Xususan, yoşlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida öqiş huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Ya’ni, bu bilan iqtidorli yoşlarning davlat hisobidan oliy ta’lim oliş imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamişa davlat granti uçun kvotalar ajratiladi va uşbu tartib heç qaçon bekor bölmaydi degani.

Şu bilan birga, nogironligi bor bolalarga öz tengdoşlari bilan bir xil ta’lim olişi uçun barça şaroitlar yaratiş, ya’ni inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantiriş böyiça davlat öziga majburiyat olmoqda.

E’tibor bering. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida pedagog xodimlarga oid qoidalar qayta körib çiqildi va öqituvçi kasbiga nisbatan yuksak hurmatni hamda ularning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvçi alohida yangi modda kiritildi. Xususan, “Özbekiston Respublikasida öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, soğlom, barkamol avlodni şakllantiriş va tarbiyalaş, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlaş hamda boyitişning asosi sifatida e’tirof etiladi” degan qoida örnatilmoqda. Bundan taşqari, davlat öqituvçilarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy ösişi haqida ğamxörlik qilişi mustahkamlanmoqda.