Davlat rahbari BAA prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam soğlik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, uşbu mamlakat xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Suhbatda köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yaşil” energetika, qişloq xöjaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda Özbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlaniş kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yili özaro savdo hajmi ikki barobarga köpaydi. Özbekistonda 240 ta qöşma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oşdi.
Neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, infratuzilmani rivojlantiriş sohalarida, toğ-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda moliyaviy-texnik hamkorlik va madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini kengaytirişdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

















