Prezidentning “Şaxmatni aholi örtasida yanada ommalaştiriş va 2026 yilda Özbekistonda 46-Butunjahon Şaxmat olimpiadasini ötkazişga tayyorgarlik köriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida şaxmatni aholi örtasida yanada ommalaştiriş va 2026 yilda Özbekistonda 46-Butunjahon Şaxmat olimpiadasini ötkazişga tayyorgarlik köriş bilan boğliq çora-tadbirlar belgilanmoqda.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • maktabgaça ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida, korxona va taşkilotlarda tizimli ravişda şaxmat musobaqalarini ötkazib boriş;
  • şaxmatni öqitişning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va öquv adabiyotlarni doimiy tayyorlaş hamda zamonaviy metodikalar asosida şaxmat böyiça trenerlarni tayyorlaş, malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş tizimini yölga qöyiş;
  • mamlakatda professional şaxmatni rivojlantirişga qaratilgan bir qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  • şaxmatçilar reytingi doimiy yuritiladigan milliy elektron platformani yaratiş;
  • xususiy şaxmat klublariga ular tomonidan şaxmat tögaraklarini taşkil etiş uçun davlat mulki obektlari va hududlardagi “Yoşlar markazlari”dan ijara tölovlarisiz joy ajratiş;
  • 2026 yilda 46-Butunjahon Şaxmat olimpiadasi öyinlarini Özbekistonda ötkaziş bilan boğliq taşkiliy masalalarni hal etişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş.