Ukraina prezidentining saytida Rossiya nomini Moskoviya deb özgartiriş töğrisidagi petitsiya rasmiy körib çiqiş uçun zarur bölgan 25 ming ovoz töpladi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy boş vazir Denis Şmihalga Rossiya nomini ukrain tilida Moskoviya deb özgartiriş imkoniyatini «har tomonlama işlab çiqiş»ni topşirdi. Bu haqda 10 mart, juma kuni Zelenskiyning prezident saytida e’lon qilingan tegişli petitsiyaga bergan javobida ma’lum qilindi. 

2022 yil 23 noyabrda e’lon qilingan petitsiyada prezident körib çiqişi uçun zarur bölgan 25 mingdan ortiq imzo töplangan. Uning muallifi Moskoviya - Rossiyaning tarixiy nomi, deb hisoblaydi, u XVI-XIX asrlarda, Pyotr I davlatni Rossiya imperiyasi deb e’lon qilganidan keyin «köplab tarixiy xaritalarda» topilgan. Petitsiyada, şuningdek, «rusça» atamasini «moskvaça», «Rossiya Federatsiyasi» atamasini «Moskva federatsiyasi» bilan almaştiriş taklif qilingan. 

«Petitsiyada kötarilgan masala tarixiy-madaniy kontekstda ham, yuzaga kelişi mumkin bölgan xalqaro huquqiy oqibatlarni hisobga olgan holda ham sinçkovlik bilan örganişni talab qiladi. Bunga, xususan, ilmiy muassasalarni jalb qiliş zarur», deb javob berdi Zelenskiy. 

Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina prezidentining buyruğini «Ukrainadan «anti-Rossiya» yaratişga urinişning yana bir dalili» deb atadi.