Polşa Yevropadagi eng yirik quruqlik armiyasini şakllantirmoqda. Bu Rossiya tahdidi oşib borayotgan şaroitda, sönggi 50 yildagi eng katta qayta qurollanişdir. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph naşri yozdi. 

Qayd qilinişiça, Polşa rasmiylari Yalpi içki mahsulotining 4 foizini mudofaaga sarflaş niyatida, bu NATO taşkilotining örtaça standartlaridan ikki baravar köp. 

Bundan taşqari, Polşani modernizatsiya qiliş dasturi Janubiy Koreyadan mingta tank, AQŞdan 250 ta tank, 600 ta öziyurar gaubitsa, 18 ta HIMARS raketa moslamasi, 288 ta raketa tizimi (MLRS) va Janubiy Koreyadan 48 ta FA-50 jangovar samolyotlari, şuningdek, 96 ta AH-64E Apache vertolyotlarini sotib olişni nazarda tutadi. 

Umumiy hisobda Polşa 2035 yilgaça 117 milliard dollarlik qurolga buyurtma bergan. 2023 yil uçun mudofaa budjeti esa maksimal 26 milliard dollarni taşkil etadi. Bundan taşqari, Polşa harbiylar sonini ikki barobarga, 300 ming kişigaça oşiriş niyatida.