“Mahalla budjeti” tizimini joriy etiş orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 yanvardan jadvalda körsatilgan va soliqlarni undiriş körsatkiçi past bölgan tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi. 

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soliği (noturar joylar böyiça mol-mulk va yer soliği bundan mustasno) böyiça undirilgan mablağlarning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigaça tuman budjetlari orqali tegişli Jamğarmalarga yönaltiriladi.

2023 yil 1 martgaça mol-mulk va yer soliği böyiça hisoblangan, tölangan mablağlar va soliq qarzdorliklari töğrisidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanişi imkoniyati yaratiladi.

“Mahalla budjeti” tizimi asosida şakllantirilgan mablağlar “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yiğini kengaşi tomonidan boşqariladi.