5 mart kuni vafot etgan maşhur vayner ölimi böyiça dastlabki örganiş natijasi oçiqlandi. Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarma boşliği Jaloliddin Asomiddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, ötkazilgan laborator tahlillar va MSKT tekşiruvlaridan söng unda burun tösiğining qiyşayişi, gaymor böliqlari giperplaziyasi, örta va pastki burun çiğanoqlari giperplaziyasi aniqlangan.

Şundan söng bemorning roziligi bilan unda tegişli jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Fuqaroga rinoseptoplastika amaliyoti uçun endotraxeal narkoz berilgan. Biroq operatsiya davrida marhumning ahvoli tösatdan yomonlaşgan. Olib borilgan intensiv va reanimatsion davo çoralariga qaramasdan joriy yil 5 mart kuni soat 03:22 lar çamasi unda biologik ölim qayd etilgan.

“Ayni paytda tekşiruvlar olib borilayotgani sababli “Star Med Center” klinikasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi tegişli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan belgilangan tartibda örganiş işlari olib bormoqda”, deydi Jaloliddin Asomiddinov.

Eslatib ötamiz, MittiVine taxallusi bilan ijod qilgan, Instagram'da 1,2 millionlik auditoriyaga ega bölgan Farhod Mannopov bir neça kun avval çömilayotganda boşini basseyn devoriga qattiq urib olib, burni singan, şundan söng operatsiya stoliga yotgan vayner komaga tuşib qolib, vafot etgandi.

6 mart kuni vaynerning vafoti yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) tegişli bandlari bilan jinoyat işi oçilgani ma’lum qilindi.

Çilonzor tumani prokuraturasi katta tergovçisi Otabek Bekiyevga köra, iş kasb yoki xizmat vazifasini lozim darajada bajarilmaganiga oydinlik kiritiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligiga şifokorlarning harakati yuzasidan xizmat tekşiruvlari, bundan taşqari, marhumning vafoti yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holatni tergov qilayotgan tergovçi Kun.uz’ga Farhod Mannopov operatsiya qilingan klinikada boşqa ölim holatlari ham kuzatilganini inkor etmagandi