Xitoyda 13 mart, duşanba kuni Butunxitoy xalq vakillari kengaşi (BXVK) sessiyasi delegatlari hukumatning mamlakat yalpi içki mahsulotini beş foizga oşiriş va mudofaa xarajatlarini köpaytiriş böyiça rejalarini ma’qulladi. AQŞ bilan keskinlik kuçaygani fonida Xitoyning harbiy xarajatlari umumiy xarajatlardan 7,2 foizga oşiriladi.
Şu bilan birga, Xitoy Davlat kengaşining yangi Boş vaziri Li Tsyan AQŞ bilan hamkorlikni kengaytirişga çaqirdi. «Tiyib turiş va bosim heç kimga foyda keltirmaydi. Ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-biriga juda boğlangan, Xitoy va AQŞ örtasidagi özaro savdo hajmi ötgan yili yangi rekord darajadagi 760 milliard dollarga yetdi. Bularning barçasi Xitoy va Amerika Qöşma Ştatlari özaro hamkorlik qila olişidan dalolat beradi», dedi Li Tsyan.
Xitoy hukumati lokdaunlar va karantinlar bilan koronavirusga qarşi nol toqat siyosatini tugatgandan söng, Xitoy iqtisodiyotining tiklanişiga umid qilmoqda. Kon’yunkturani rağbatlantiriş uçun ötgan yilga nisbatan yuqoriroq yangi qarzdorlik közda tutilgan. Xitoyda budjet taqçilligi hajmi taxminan 3 foizni taşkil qilişi kerak (ötgan yili 2,8 foiz).
Hukumatning BXVK sessiyasida qabul qilingan hisobotida ham joriy yilda 12 million yangi iş örni yaratiş közda tutilgan, bu ötgan yilga nisbatan bir millionga köpdir. Hukumat işsizlikni 5,5 foiz, inflatsiyani esa 3 foiz darajada maqsad qilib qöygan.
Hukumatning iş yuzasidan hisoboti 2946 ovoz bilan qabul qilindi, bir delegat betaraf qoldi, rahbariyatning harbiy dasturi 2912 delegat tomonidan ma’qullandi, 30 nafari qarşi çiqdi, 20 nafar delegat betaraf qoldi. 1954 yildagi birinçi sessiyadan beri BXVK delegatlari XXR hukumati rejalarini doim ma’qullab keladi. Barça eng muhim qarorlar Kommunistik partiya rahbariyati tomonidan tor doirada qabul qilinadi.

















