Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagadagi xalqaro sud Rossiyaga qarshi 2 ta ish qo‘zg‘atmoqchi
The New York Times va Reuters xabarlariga ko‘ra, XJS bir nechta rossiyaliklarni hibsga olish uchun orderlar talab qiladi. Biroq, ekspertlar bu jarayonni ehtimoldan yiroq deb hisoblashyapti.
Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq ikkita harbiy jinoyat ishini ochish niyatida va bir necha kishini hibsga olish uchun order talab qiladi, deb xabar berdi Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasi va Reuters agentligi dushanba, 13 mart kuni manbalarga asoslanib. Sudning o‘zi bu ma’lumotga izoh berishdan rasman bosh tortdi.
Ulardan biri ukrainalik bolalar va o‘smirlarning o‘g‘irlab ketilishi va ularni Rossiyaning «qayta tarbiyalash» lagerlariga majburan yuborish bilan bog‘liq. Ikkinchisi - Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga ataylab zarba berish.
Dastlab, XJS prokurori Karim Xon jinoyatlar to‘g‘risidagi to‘plangan dalillarni sudgacha bo‘lgan guruhga taqdim etadi, deya xabar berdi NYT. U hibsga olishga order berish uchun yetarli asoslar bor-yo‘qligini yoki prokurorlar qo‘shimcha dalillar to‘plashi zarurligini hal qilishi kerak. Agar ayblovlar qo‘yilsa, bu Ukrainadagi ehtimoliy jinoyatlar uchun Rossiya rasmiylarini xalqaro sud oldida javobgarlikka tortishga birinchi urinish bo‘ladi.
Aynan kimga ayblov qo‘yilishi noma’lumligicha qolmoqda. NYT sharhlarida ba’zi ekspertlar va diplomatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ayblanuvchi bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi, chunki XJS harbiy jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha davlat rahbarining daxlsizligini tan olmaydi. Shu bilan birga, NYT bilan suhbatlashgan ekspertlar sud jarayonini ehtimoldan yiroq deb hisoblashyapti - XJS ishni sirtdan ko‘rib chiqa olmaydi, Rossiya esa o‘z mansabdorlarini ekstraditsiya qilishi dargumon.
Rossiya Xalqaro jinoiy sudning a’zosi emas va uning yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Mavzuga oid
14:01 / 17.12.2025
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025