Bu Xitoy va Ukraina rahbarlarining uruş boşlanganidan beri birinçi muzokaralari böladi. Naşrning yozişiça, uçraşuv keyingi haftada onlayn tarzda ötkaziladi.
Zelenskiy bilan muzokaralar oldidan Si Jinping Moskvaga kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşmoqçi. Xitoy rahbarining kelasi hafta Rossiyaga taşrifi rejalari haqida Reuters ham avvalroq xabar bergan edi.
Kreml bu ma’lumotga izoh bermadi. «Qoidaga köra, xorijiy taşriflar töğrisidagi e’lonlar bir vaqtning özida tomonlarning özaro kelişuvi asosida amalga oşiriladi, qaçon tayyor bölsa, şunda biz xabar beramiz», dedi jurnalistlarga Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Ukraina tomoni hozirça ikki yetakçi örtasida uçraşuv ötkaziş imkoniyatiga izoh bermadi.

















