Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Komil Allamjonov va administratsiya şu’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik bilan uçraşdi.
Uçraşuvda köplab loyihalar yuzasidan fikr almaşilgan.

Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etiş masalalari muhokama qilindi.

«Köplab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining çeklanişi yuzasidan murojaatlar kelib tuşgan edi. Şu bois uçraşuvda elçi janoblari bilan uşbu kompaniya vakillari bilan uçraşuv taşkil etiş va vaziyatni örganiş böyiça kelişib oldik», — deb yozdi Allamjonov.

















