Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 mart kuni BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi.

Inson manfaatlarini ilgari suriş va huquqlarini himoya qiliş masalalarida Özbekiston bilan BMT tuzilmalari örtasidagi konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

BMT Oliy komissari Özbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham beriş, gender tenglikni ilgari suriş, sud idoralarining mustaqilligini va qonun ustuvorligini ta’minlaş borasidagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi qabul qilingani, mamlakat BMTning Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgani, qiynoqlarning oldini oliş böyiça fuqarolik jamiyati institutlari iştirokidagi preventiv mexanizm yaratilgani, şuningdek, mojarolar hududlaridan xotin-qizlar va bolalar öz yurtiga qaytarilgani, ular qayta ijtimoiy integratsiyalaşuvi uçun barça zarur şaroitlar yaratilgani alohida qayd etildi.

Özbekiston BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşiga 2021-2023 yillar davriga saylangani hamda mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar asosida yoşlar huquqlariga oid Kengaşning qator rezolyutsiyalari qabul qilingani inson huquqlarini ta’minlaş borasidagi yutuqlarning keng e’tirofi böldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy komissar BMT tuzilmalarining Özbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş niyati qat’iy ekanini tasdiqladi. Inson huquqlarini monitoring qilişda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuçaytiriş, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va penitensiar muassasalar xodimlarini öqitiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv yakunida konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlaş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş, şu jumladan qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.