Toşkent va Samarqanddagi xalqaro aeroportlar Markaziy Osiyo va MDH davlatlari aeroportlari orasida eng yaxşi öntalikka kirdi. Bu haqda Skytrax World Airport Awards xabar berdi.
Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti reytingda oltinçi, Samarqand töqqizinçi örinni egalladi.
Dastlabki ikki örinni Qozoğistonning Astana va Almati şahri aeroportlari qölga kiritdi. Moldovaning Kişinyov aeroporti uçinçi böldi.
Top-10 Markaziy Osiyo va MDH davlatlari aeroportlari:
- Astana (Qozoğiston)
- Almati (Qozoğiston)
- Kişinyov (Moldova)
- Yerevan (Armaniston)
- Atirau (Qozoğiston)
- Toşkent (Özbekiston)
- Naxçivan (Ozarboyjon)
- Aşgabat (Turkmaniston)
- Samarqand (Özbekiston)
- Ganja (Ozarboyjon)
Dunyoning eng yaxşi 100 ta aeroporti reytingiga Özbekistonning birorta aeroporti kira olmadi. Bu reytingda Singapurning «Çangi» aeroporti ğalaba qozondi. Qatar poytaxti Doha şahridagi «Hamad» aeroporti ikkinçi, Yaponiya poytaxti Tokio şahridagi «Haneda» aeroporti uçinçi böldi.
World Airport Awards global aeroport sanoatidagi eng nufuzli mukofotdir. U sifat uçun etalon hisoblanadi va butun dunyo böylab 550 dan ortiq aeroportlarda mijozlarga xizmat körsatiş va qulaylik darajasini baholaydi.

















