Ikkinçi yarimfinalda mezbonlar turnirning asosiy favoritlaridan biri Janubiy Koreya yoşlari bilan röbaro‘ kelib, butun öyin davomida raqibdan köra köproq xavfli vaziyatlar yaratişdi.
Bellaşuv boşida asosiy hujumçi Pölatxöja Xoldorxonov jarohat olib maydonni tark etganiga qaramay, Ravşan Haydarov jamoasi tuşkunlikka tuşmadi va minglab muxlislar qarşisida olğa borişda davom etdi. Ammo hujumlarga nuqta qöyişda sovuqqonlik yetişmadi. Natijada 1/4 finaldagi Avstraliya bilan bölgani kabi ğolib yana penaltilar seriyasida aniqlandi va darvozabon Otabek Boymurodov raqiblarning 3ta zarbasini qaytarib, qahramonga aylangan holda Özbekistonni finalga olib çiqdi.
Özbekiston 18 mart kuni qit’a çempionligi uçun finalda Eron va Yaponiyani doğda qoldirgan holda hal qiluvçi öyinga yetib kelgan Iroqqa qarşi maydonga tuşadi. E’tiborlisi, jamoalar guruh bosqiçida ham töqnaş kelgan va unda mezbonlar minimal hisobda ğalaba qozongandi.
«Bunyodkor»dagi muxlislar yana 120 daqiqa futbol körgan va özbekistonlik yoşlar yana bir bor matonat körsatgan öyindan olingan sara fotosuratlarni tomoşa qiling.


































































