Öq-dorilar va qurol-yaroğ yetkazib beriş, ayniqsa, «Rossiya tajovuzkorligi uni sindiriş mumkin bölgan darajaga yaqinlaşayotganini his qilayotgan bir paytda» muhim ahamiyat kasb etadi», deb ma’lum qildi u Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhi («Ramştayn» formati)ning 15 mart kuni bölib ötgan 10-yiğilişini şarhlar ekan.
Zelenskiyning sözlariga köra, uçraşuvda Ukrainaga harbiy yordam körsatişni davom ettiriş muhokama qilingan va «kerakli yeçimlar mavjud».
«Ramştayn» formatidagi 10-yiğilişda 40 dan ortiq davlat iştirok etdi.
Uning yakunida AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Şvetsiya Kiyevga önta Leopard 2 tanki hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari topşirişini ma’lum qildi. U qaysi komplekslar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Fevral oyida Stokholm Hawk va IRIS-T tizimlari Ukrainaga ötkazilişi haqida xabar bergan edi.
Ispaniya Ukrainani qurol-yaroğ, gumanitar yordam va ukrainalik harbiy xizmatçilarni öqitiş orqali qöllab-quvvatlaş majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. Yaqin kelajakda Madrid Kiyevga Leopard 2A 4 rusumli oltita jangovar tankni, keyinroq esa yana törttasini jönatadi, dedi mudofaa vaziri Margarita Robles.
14 mart kuni Ispaniya uşbu uskunani boşqaradigan va ularga xizmat körsatadigan 55 nafar ukrainalik harbiy xizmatçilarni tayyorlaşni yakunladi. Bundan taşqari, Ukraina M-113 TOA bronetransportyorlarining yangi partiyasini oladi, deya qöşimça qildi Robles.


















