16 mart kuni Prigojinning matbuot xizmati Rossiya OAVdan birining prezident Vladimir Putin va RF Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev «Vagner guruhi» kelajagi haqida göyoki muhokama ötkazgani töğrisida izoh beriş uçun yuborgan «söroviga» javobni e’lon qildi. 

Patruşev Putinga «bir yarim oy yoki ikki oy içida «Vagner»dan heç narsa qolmasligini» aytgan uşbu «muhokama» haqidagi ma’lumotlar Rossiya va Ukrainaning Telegram-kanallari orqali tarqaldi. Prigojin bu kabi muzokaralar haqida eşitmaganligini aytib, «matbuotga izoh beriş söroviga» javoban audioyozuvni e’lon qildi.

ISW Putin va Patruşev örtasida bunday muloqot bölganligi haqida heç qanday belgilar topmadi, şuningdek, axborot maydonida uşbu mavzuning faol muhokamasini kuzatilganini qayd etmadi. 

Tahlilçilarning fikriga köra, Prigojin axborot operatsiyasi uçun «til biriktiriş» haqidagi xabarni töqib çiqargan bölişi mumkin. 

Bundan taşqari, Patruşev Rossiya Mudofaa vazirligi va Boş ştabga qarşi kuzatilgan kampaniyalaridan söng Prigojinning navbatdagi nişoniga aylanişi mumkin, deydi ISW ekspertlari. 

Avvalroq «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Rossiyada sport klublari negizida bir neçta yollaş markazlarini oçgandi. Bu haqda 4 mart kuni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi voqealarini har kuni sarhisob qilib boruvçi ISW ma’lum qildi. 

Xabarda ta’kidlanganidek, «Vagner» XHKga qabul qiliş punktlari Rostov-Don şahridagi «Antares» sport klubida, Tyumenda boks federatsiyasi binosida, Samarada «Dinamo» sport jamiyati binosida oçilgan. Bundan taşqari, «Vagner guruhi»ning öz ma’lumotlariga köra, Moskvadagi sakkizta sport klubi negizida qabul qiliş markazlari iş boşlagan.