2022 yil 29 avgustda Özbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) örtasida Özbekistonda «Meva-sabzavotçilik tarmoğida qöşilgan qiymat zanjiri yaratişni rivojlantiriş (2-bosqiç)» loyihasini moliyalaştiriş uçun 200,0 mln AQŞ dollari, jumladan kredit liniyasi uçun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 194,240 mln AQŞ dollari; konsalting xizmatlari uçun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 5,760 mln AQŞ dollari miqdoridagi qarz ajratilişi böyiça Qarz bitimi imzolangan.
Loyihaning umumiy qiymati 323,019 mln AQŞ dollariga teng, şundan 200 mln AQŞ dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi, 58,272 mln AQŞ dollari qöşilgan qiymat soliğini qoplab beriş va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar beriş şaklida Özbekistonning loyihani amalga oşirişdagi uluşi, 64,747 mln AQŞ dollari loyiha iştirokçilarining (kredit oluvçi loyiha taşabbuskorlarining) uluşidan iborat.
Loyihani amalga oşiriş davri 6 yilni (2023 — 2028 yillar) taşkil etadi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
- loyihada iştirok etuvçi moliya taşkilotlariga kreditlar özbek sömida taqdim etiladi;
- AQŞ dollariga nisbatan özbek sömining valuta kursi tebranişlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar Özbekiston respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
- loyiha doirasida loyiha taşabbuskorlariga milliy valutada ajratiladigan kreditlar loyiha taşabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
- kredit mablağlari loyiha taşabbuskorlariga mahsulot yetiştiriş, saqlaş, qadoqlaş, qayta işlaş, şok usulida muzlatiş, logistika (jumladan yuk taşiş texnikalarini xarid qiliş) va boşqa quvvatlarni yaratiş, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, şuningdek, aylanma mablağlar uçun ajratiladi.
Belgilanişiça, loyiha Özbekiston Respublikasining barça viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşiriladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasida strategik rivojlaniş va tadqiqotlar xalqaro markazi loyihaning öz vaqtida va töliq amalga oşirilişi, uni muvofiqlaştiriş va boşqariş, şuningdek, loyihani amalga oşiriş jarayonida monitoring va hisobotni yuritiş uçun mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi.

















