Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga safari çoğida vohaning çöl hududlarida saksovulzorlarni kengaytiriş yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berdi. Şunga muvofiq viloyatda 1 ming 500 gektar maydonda saksovulzor barpo etiş rejalaştirib olindi.

ÖzA xabariga köra, saksovulzorlar vohada tez-tez sodir bölib turadigan “afğon” şamoli nomi bilan maşhur çang–tözon va qum böronlari ta’sirini kamaytirişda muhim örin tutadi. 3 yillik saksovulzor qum köçişini 55 foizga, 5 yilligi 79,5 foizga kamaytiradi. Yetti yillik saksovulzorlar qum köçişini töliq töxtatadi. Şörxok yer va suvsizlikka çidamli bu ösimlik ildizi juda baquvvat bölib, bir tup saksovul 10 tonnagaça qumni mustahkamlab, uning köçişiga yöl bermaydi.  

Foto: UzA

Topşiriq ijrosini ta’minlaş uçun Termiz va Angor tumanlari tutaşgan “Kattaqum” massivida saksovul köçatlarini ekiş va uruğini sepiş işlari boşlandi. Vohada yangi saksovulzorlar taşkil etiş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasidan 100 ming tup saksovul köçati va 15 tonna uruği olib kelindi. Tadbir doirasida 10 gektar maydonga 12 mingdan ortiq saksovul köçati ötqazilib, uruği sepildi.

Foto: UzA

Saksovulzorlar yerning ustki qismida qum köçişi oldini oliş barobarida şamol tezligini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Ildizi tuproqqa çuqur kirib borib, gorizontal yönalişda sakkiz metrgaça yetadi. Fanda 1 gektar yerdagi saksovulzorning bir yilda 1 ming 135 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, 835 kilogramm kislorod ajratib berişi isbotlangan. 

Foto: UzA