Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB «Bunyodkor» stadionida OAV vakillari bilan sodir bo‘lgan voqeaga izoh berdi
Joriy yil 18 mart kuni Osiyo kubogi chempionatining yoshlar o‘rtasidagi U-20 futbol musobaqasining final bosqichi o‘tkaziladi. Final o‘yinini tomosha qiluvchi ishqibozlar soni esa stadiondagi o‘rindiqlar sonidan ancha ko‘p, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, stadionning o‘zida final o‘yinini tomosha qilish uchun chipta sotib olishga kelgan ishqibozlar 17 mart kuni «Bunyodkor» stadionidagi kassa oldida juda ko‘p to‘planib ketgan. Kassa oldiga jamoat tartibini saqlash maqsadida IIO xodimlari jalb etilib, uning oldi panjaralar bilan to‘silgan hamda fuqarolar navbat bilan kirishi ta’minlangan.
Biroq, taxminan soat 14:30 larda Renessans TV telekanali muxbiri va teleoperatori IIO xodimlari tomonidan to‘silgan panjaradan oshib o‘tgan, bu boshqa fuqarolarning qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan. Jamoat tartibini saqlash va fuqarolarni tinchlantirish maqsadida, muxbir va teleoperatorga panjaradan tashqariga chiqishi lozimligi tushuntirilgan. IIO xodimlari tomonidan muxbir hamda teleoperatorga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilmagan va telekanal texnikasiga shikast yetkazilmagan.
“Hurmatli OAV vakillari, sizlarning huquqlaringiz qonun bilan kafolatlanadi. Lekin, huquq bor joyda majburiyat ham borligini unutmang. IIO xodimlarining asosiy vazifalaridan biri jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ham o‘zingiz ko‘rib guvoh bo‘lganingizdek, stadion kassalari oldida ko‘plab fuqarolar to‘planib ketgan, navbatsiz chipta olishga bo‘lgan urinishlar esa ayanchli yakun topishi mumkin edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining o‘z vaqtida aralashuvi sababli kassa oldida jamoat tartibi buzilishiga yoki boshqa huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Sizlardan IIO xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz”, deyiladi rasmiy izohda.
Mavzuga oid
11:26 / 21.05.2026
«Bunyodkor» stadioni ishchilarining oyligi undirib berildi
19:59 / 14.05.2026
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
12:23 / 24.04.2026