Tarixiy manbalarda yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy saltanati sarhadlarini kengaytiriş maqsadida Osiyoga yuriş qilgani va bu jang-u jadal vaqtida ularning qadami hozirgi Surxondaryo hududlarigaça yetgani aytiladi.

Yunonlarning bu yurişi alohida va katta mavzu. Qumqörğon tumanidagi Iskandar köprikni rostdan ham Makedonskiy qurdirganmi? Mahalliy aholi köprikni Abdullaxon degan kişi qurdirgan deb bilsa-da, ammo nima uçun Iskandar köprigi deb atalişidan bexabarligini qayd etadi. Ba’zi odamlar uşbu köprikdan Makedonskiy ötganiga ham işonadi.

Aslida-çi? Köprik Abdullaxon ismli şaxs tomonidan qurilgan bölsa, u va uning yonidagi qişloq nega Makedon nomi bilan yuritiladi?

Surxondaryo viloyatining muhim tarixiy obektlaridan biri sifatida Iskandar köprik haqidagi ma’lumotlar va köprik maketi Termiz arxeologiya muzeyidan örin olgan.

Muzey xodimi Feruza Xurramova savollarga şunday aniqlik kiritdi:

Agar mahalliy aholidan bu haqda sörasangiz, «köprikni Aleksandr Makedonskiy qurgan» yoki «Makedonskiy bu köprik ustidan laşkarlari bilan ötib ketgan» degan fikrlarni aytişadi. Bu notöğri. Çunki Makedonskiy bu hududlarda mil. avv. 4-asrda bölgan bölsa, köprik 16-asrda, ya’ni Makedonskiydan 19 asr ötib, Şayboniyxon avlodidan bölgan hukmdor Abdullaxon tomonidan quriladi. Uning otasining ismi Iskandar böladi. Şu sababli köprikka Iskandar nomi beriladi va keyingi avlodlar köprikni Makedonskiy nomi bilan atab ketadi.

Muzey xodimi nomlarning özgarişiga Aleksandr Makedonskiy va Iskandar Zulqarnayn nomlari örtasidagi boğliqlik sabab bölgan bölişi mumkinligini aytadi.